Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin: Pelosining Tayvanga tashrifi javobsiz qolmaydi

Pekin: Pelosining Tayvanga tashrifi javobsiz qolmaydi

Nensi Pelosi.

Foto: Iz.ru

Xitoy TIV AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga bugungi tashrifini qoralab, o‘z noroziligini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Pelosining Tayvanga tashrifi mustaqillikka intilayotgan ayirmachi kuchlarga «noto‘g‘ri signal» bo‘lib, «Yagona Xitoy» tamoyili hamda Xitoy-Amerika o‘rtasidagi uchta kommyunikeni qo‘pol ravishda buzish sanaladi.

Xitoy TIV AQShni XXRning ichki ishlariga aralashmaslikka hamda Tayvanning mustaqilligi tarafdori bo‘lgan kuchlarga panoh bo‘lishni bas qilishga chaqirgan.

Xitoy Pelosining tashrifi javobsiz qolmasligini: o‘z davlat suverenitetini himoya qilish uchun barcha kerakli choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring