Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon rahbari protokolni buzdi. U jiddiy kasallikka yo‘liqqan

Pentagon rahbari protokolni buzdi. U jiddiy kasallikka yo‘liqqan

AQSh prezidenti Jo Baydenga 9-yanvargacha mudofaa vaziri Lloyd Ostin saratonga chalingani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, 70 yoshli vazirning kasal ekani jamoatchilikka oshkor bo‘lganidan so‘nggina bu haqda prezidentga ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, prostata saratoniga chalingan Lloyd Ostin yangi yilga o‘tar kechasi harbiy tibbiyot markaziga yotqizilgan. Pentagon bu ma’lumotni Oq Uy va Kongressdan 5 yanvargacha sir tutgan.

Bu harakatlar vazirlar mahkamasi protokolini qo‘pol ravishda buzish sifatida talqin qilinmoqda. Ushbu protokolga ko‘ra, vazirlar kasalligi tufayli vaqtincha o‘z lavozimini bajara olmasligi va uning o‘rnini kim egallashi to‘g‘risida jamoatchilikni oldindan xabardor qilishi lozim.

Avvalroq AQSh Mudofaa vaziri tez orada Pentagonga qaytishini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring