Peskov: «Putin 90 foizdan ortiq ovoz bilan qayta saylanadi...»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Vladimir Putin 90 foizdan ortiq ovoz to‘plashini aytdi.
Bu haqda u Amerikaning The New York Times gazetasiga gapirgan.
«Bizning prezidentlik saylovlari aynan demokratiya emas, bu qimmat byurokratiya. Putin kelasi yili 90 foizdan ortiq ovoz bilan qayta saylanadi», — dedi Peskov gazetaga.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Putinning yangi olti yillik muddatga qayta saylanishi «deyarli muqarrar».
Keyinroq, Peskovning o‘zi AQSh nashri tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganini aytdi. U ko‘proq shaxsiy fikrini bayon qilganini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter