Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov Putinga suiqasd qilingani haqidagi xabarni rad etdi

Peskov Putinga suiqasd qilingani haqidagi xabarni rad etdi

Foto: «RIA Novosti»

Britaniyaning Sun nashrida chorshanba kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar berilgan. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, dedi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «RIA Novosti» agentligiga.

Sun nashrining yozishicha, chorshanba kuni poytaxtda Rossiya Federatsiyasi prezidentiga suiqasd qilingan, kortej yo‘lida nimadir portlagan.

Ma’lumot haqiqatmi, degan savolga Peskov rad javob berdi.

«Yo‘q», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Putin kuni kecha Samarqandga keldi va bu yerda bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bugun, juma kuni esa ShHT sammitida qatnashishi hamda Turkiya prezidenti va Hindiston bosh vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring