Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Xitoyga yetib keldi

Putin Xitoyga yetib keldi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga yetib keldi. Pekin shahridagi Shoudu aeroportida davlat rahbarini Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I kutib oldi.

XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar bugun, 20 may kuni bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qiladi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, tashrif yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbarlari Rossiya va Xitoy ta’lim yillarining (2026–2027 yillar) tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra oliy darajadagi Qo‘shma bayonot hamda ikki tomonlama hukumatlararo, idoralararo va boshqa hujjatlar paketini imzolash rejalashtirilgan.

Putin, shuningdek, Xitoy bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Bundan bir necha kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp ham Xitoyga tashrif buyurgan edi. Rossiya tomoni Putin Xitoyga borishining Trampga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring