Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Politico»: G7 oxirgi yillardagi eng yomon sammitini o‘tkazdi

«Politico»: G7 oxirgi yillardagi eng yomon sammitini o‘tkazdi

Foto: AFP

Bavariyadagi Elmau qasrida Germaniya raisligida o‘tkazilgan «Katta yettilik» sammiti so‘nggi yillardagi eng yomonlaridan biri bo‘ldi.

«Politico» (AQSh) nashri sharhlovchilari Karl Matisen va Devid M.Xerzenxorn shunday fikr bildirishdi. G7 yetakchilari muhokama qilingan bironta masalada yagona to‘xtamga kelisha olmadi, deyishdi sharhlovchilar.

«Katta yettilik» sammiti tugaganidan so‘ng, yetakchilar Rossiya Ukrainada olib borayotgan urushni to‘xtatish, inflyasiyaga qarshi kurashish, jahondagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga ojiz ekanliklarini anglab yetishdi. «Masalan, bir ovozdan qazilma yonilg‘idan foydalanishni to‘xtatish maqsadlariga kelishgan holda, neft va gazning narxini pasaytirishga urinishni qanday tushunish mumkin?», — deyiladi nashrda e’lon qilingan maqolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring