Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prilepin O‘zbekiston haqidagi gaplari uchun jazolanadimi?

Prilepin O‘zbekiston haqidagi gaplari uchun jazolanadimi?

Yozuvchi, rossiyalik propagandachi Zaxar Prilepin O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi haqidagi so‘zlari uchun jazolanmaydi.

Aytilishicha, yozuvchiga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llanmaydi. Bu haqda «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi Sergey Mironov ma’lum qildi.

Mironov Prilepinning so‘zlarini «Sovet Ittifoqini qo‘msaydigan yozuvchining his-tuyg‘ulari» deb atadi.

«Bizning Tashqi ishlar vazirligi ham bunga munosabat bildirgan. Men bunga unchalik ahamiyat bermagan bo‘lardim», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Prilepinning provokatsiyali bayonoti keskin muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Natijada Rossiya elchisi O‘zbekiston TIVga chaqirildi. Shuningdek, 21-dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zaxar Prilepinning bayonotlari uning shaxsiy fikri ekanligini, bu Moskvaning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring