Bugun Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tyapti

Bugun, 28 sentyabr kuni tongdan Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari boshlandi.
Mamlakatdagi eng yuqori lavozim uchun kurashayotgan nomzodlar ro‘yxatida 18 kishining nomi ko‘rsatilgan. Biroq ulardan ikki nafari kurashdan chiqib ketgani uchun afg‘onistonliklar 16 nomzodga ovoz berishadi.
Nomzodlar orasida Afg‘onistonning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani ham bor. Kuzatuvchilar xuddi 2014-yilda bo‘lgani kabi bu gal ham uning asosiy raqibi sifatida sobiq tashqi ishlar vaziri, bosh vazir Abdulla Abdulla nomini ko‘rsatishmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, ularga Xavfsizlik bo‘yicha milliy direksiya sobiq rahbari Rahmatullo Nabil, afg‘on mujohidlari sobiq yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor, diplomat, Afg‘onistonning Londondagi elchisi bo‘lib ishlagan Ahmad Vali Mas’ud jiddiy raqib bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter