Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Baydenni g‘alaba bilan tabrikladi

Putin Baydenni g‘alaba bilan tabrikladi

Foto: «Gazeta.Ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin demokrat Jo Baydenni AQSh prezidentligi uchun saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Bayden saylovchilarning g‘alaba uchun yetarli 270 ta minimum ovozidan 306 tasini olgan.

Putin o‘z telegrammasida Jo Baydenga har tomonlama muvaffaqiyat tilab, global xavfsizlik va barqarorlik uchun alohida mas’uliyatga ega Rossiya va AQSh, turlicha qarashlaridan qat’i nazar, hozir dunyo duch kelayotgan ko‘plab muammo va chorlovlarga real yechimlar topa olishiga ishonch bildirgan.

Vladimir Putinning fikricha, shu jihatdan Rossiya-AQSh hamkorligi har ikki mamlakat va xalqaro hamjamiyat manfaatlariga mos keladi. «O‘z navbatida, siz bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga tayyorligimni bildiraman», — deyiladi, jumladan, Rossiya prezidentining tabrik telegrammasida.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden o‘z g‘alabasini 7-noyabrda e’lon qilganidan so‘ng 50 dan ziyod xorijiy davlatlar rahbarlaridan tabrik olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring