Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin nega hanuz Baydenni tabriklamadi?

Putin nega hanuz Baydenni tabriklamadi?

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovida g‘olib deb tan olishga tayyor emasligini ma’lum qilgan, chunki amaldagi prezident Tramp demokratlarning g‘alabasini tan olmadi.

Bayden ikki hafta oldin Trampga qarshi bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qilgandi. Biroq Tramp Baydenning g‘alabasini tan olmagan va hali sud orqali kurashishini aytgan. Prezident saylovchilarni firibgarlikda ayblagan va jamoasiga ovozlarni qayta saylanishiga olib keladigan muhim shtatlarda bahslashishni so‘ragandi.

Baydenni g‘alaba bilan tabriklamagan Putin, yakshanba kuni Rossiya davlat televideniyesida: «Biz Amerika xalqiga ishonch bildirgan har bir kishi bilan ishlaymiz» deya bayonot berdi.

«Ammo bu ishonch faqat g‘alabasini qarshi tomon tomonidan tan olingan nomzodga yoki natijalar qonuniy, qonuniy yo‘l bilan tasdiqlangandan keyin berilishi mumkin», deydi Putin.

RF rahbarining ta’kidlashicha, Baydenni tabriklamaslik qarori «rasmiyatchilik» bo‘lib, unda hech qanday yomon niyat yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring