Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin prezidentlikda qolish imkoniyatlari haqida gapirdi

Putin prezidentlikda qolish imkoniyatlari haqida gapirdi

Vladimir Putin.

Foto: Sergey Bobilev / TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» munozaralar klubidagi chiqishida Rossiya prezidentligi lavozimida qolishi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Rbc.ru» xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, hozirda u 2024-yildan keyin ham o‘z lavozimida qoladimi yoki yo‘qmi o‘ylayotgani yo‘q.

«2024-yilda yoki undan keyin nima bo‘ladi, buni vaqti kelganda bilib olamiz. Hozir shunchaki hamma o‘z hududida qattiq ishlashi kerak», dedi Rossiya prezidenti.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar nafaqat amaldagi prezidentning vakolat muddati tugaganidan keyin saylanishiga imkon beradi, balki mamlakat suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring