Putin Rossiya o‘nlab mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishi haqida gapirdi

Rossiya Federatsiyasining muxoliflari kelajakda mamlakatni kichik qismlarga bo‘lib, ularni o‘z irodasiga bo‘ysundirishni kutmoqda, deya bayonot bergan Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
19-may, juma kuni Putin Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida ishtirok etgan.
«Rossiyaning muxoliflari uni o‘nlab kichik davlat tuzilmalariga bo‘linish kerakligini aytishmoqda va buning sababi aniq», — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma narsa Rossiyaning alohida hududlarini raqiblarning g‘arazli maqsadlarida ekspluatatsiya qilishdan iborat.
«Ularning boshqa maqsadlari yo‘q», degan Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng ehtimoliy mag‘lubiyat tufayli mamlakatning parchalanishi kun tartibiga chiqdi. Ekspertlarga ko‘ra, Rossiya harbiy mag‘lubiyatga uchrasa, so‘ngra uning siyosiy parchalanishi ham yuz berishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter