Putin, Si Szinpin va Tramp o‘zaro uchrashishi mumkin

AQSh, Rossiya va Xitoy yetakchilari — Donald Tramp, Vladimir Putin va Si Szinpin sentyabr oyi boshida Pekinda qo‘shma uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Xitoydagi manbalarga tayanib, The Times gazetasi xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, uchrashuv Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligini nishonlashga to‘g‘ri kelishi mumkin. 3-sentyabr kuni Tyananmen maydonida tantanali harbiy parad o‘tkazilishi rejalashtirilgan, unda Xitoy va Rossiya rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
“Xitoy, Rossiya va Amerika yetakchilarining birga turgan qiyofasi tinchlik va barqarorlikning muhim xabari bo‘lishi mumkin”, — deya xitoylik siyosatshunos Jin Kanrong so‘zlarini keltiradi gazeta.
Vladimir Putin allaqachon tadbirlarda ishtirok etishini tasdiqlagan. Uning Si Szinpin bilan muzokaralari 2-sentyabrga belgilangan, dedi prezident yordamchisi Yuriy Ushakov. Pekin bu tadbirlarga Donald Trampni ham taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Times ta’kidlaganidek, uch tomonlama muzokaralar o‘tkazish imkoniyati mavjud, ammo Tramp ularni AQSh hududida o‘tkazishni afzal ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter