Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Tinchlik rejasi Alyaskadagi kelishuvlarga asoslangan»

Putin: «Tinchlik rejasi Alyaskadagi kelishuvlarga asoslangan»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Jared Kushner bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida birinchi marta batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, uchrashuv «ancha uzoq davom etgan», chunki tomonlar Tramp taklif qilgan tinchlik rejasi bo‘yicha har bir bandni alohida muhokama qilishga majbur bo‘lgan.

Putin ta’kidlashicha, Amerika delegatsiyasi Moskvaga olib kelgan tinchlik rejasi «Tramp bilan Alyaskada erishilgan kelishuvlarga asoslangan».

Amerikaliklar muzokaralarda 27 banddan iborat tinchlik rejasini 4 ta alohida paketga bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich muhokama qilishni taklif qilgan. Moskva bu yondashuvni «tushunarli va amaliy» deb atadi, ammo natija borasida hali oxirgi to‘xtamga kelinmagan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga urushdan voz kechish uchun bir nechta yo‘l taklif qilgan. Jumladan, Kiyevga Donbasstan qo‘shinlarni olib chiqish taklif qilingan va Ukrainani «hujumga o‘tmaslik» haqida ogohlantirilgan.

«Ammo Ukraina harbiy yo‘lni tanladi», – dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Donbass va Novorossiyani baribir ozod qiladi. Bu harbiy yo‘l bilan bo‘ladimi yoki boshqa yo‘l bilanmi, farqi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi Rossiya–AQSh muzokaralari, rasmiy bayonotlarga qaraganda «foydali va mazmunli» bo‘lgan, ammo urushni to‘xtatish borasida hech qanday kelishuvga erishilmagan.

Putinning bayonot berishicha, Rossiya Ukrainadagi harbiy maqsadlaridan qaytmoqchi emas. Tramp orqali AQShning vositachiligi esa hali natijaga olib kelmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring