G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat Tramp rejasi e’lon qilindi
BMT Xavfsizlik kengashidagi muhokamalar ortidan G‘azo bo‘yicha taklif etilayotgan 15 banddan iborat «Trampning kompleks tinchlik rejasi» tafsilotlari oshkor qilindi.
AQSh Eronning tinchlik taklifini rasman rad etdi — OAV
Agar javob ijobiy bo‘lsa, Tehron muzokaralarning ikkinchi bosqichini darhol boshlashga tayyor edi.
Tramp: Eron bo‘yicha «10 bandli tinchlik rejasi» – uydirma
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarga oid OAVda tarqalgan 10 bandli tinchlik rejasini rad etdi.
Tramp va Zelenskiy «tinchlik rejasi»ning 90–95 foizini kelishib oldi
AQSh va Ukraina Florida shtatining Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tinchlik rejasining asosiy qismi bo‘yicha kelishuvga erishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, rejaning 90–95 foizi kelishilgan, ammo Donbass masalasi hozircha hal etilmagan.
Kiyev AQShga «tinchlik rejasi» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi
Ukraina qator yevropalik ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng AQSh ma’muriyatiga Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasiga o‘zining rasmiy tuzatish va izohlarini yubordi. Bu haqda avval Axios, keyin esa «RBK-Ukraina» manbalari orqali ma’lum qilindi.
AQSh va Ukraina delegatsiyalari Mayamidagi muzokaralarni yakunladi
AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida Mayami shahrida o‘tkazilgan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Putin: «tinchlik rejasi Alyaskadagi kelishuvlarga asoslangan»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Jared Kushner bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida birinchi marta batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, uchrashuv «ancha uzoq davom etgan», chunki tomonlar Tramp taklif qilgan tinchlik rejasi bo‘yicha har bir bandni alohida muhokama qilishga majbur bo‘lgan.
Kreml: AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda murosaga erishilmadi
Moskvada AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirokida o‘tgan besh soatlik muzokaralardan so‘ng Kreml muzokaralar «yaxshi ruhda o‘tganini» bildirdi, ammo asosiy masalalar bo‘yicha kelishuv hozircha yo‘q.
Stiv Uitkoff Moskvada: u Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ndi. U uchib kelgan Global 7500 xizmat samolyotida, katta ehtimol bilan, Trampning quyovi Jared Kushner ham bo‘lgan.
Tramp: «Urushni tugatish uchun yaxshi imkoniyat bor»
Kecha, yakshanba kuni Floridada Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi muhim uchrashuv bir necha soatdan beri davom etdi. Axios’ning yozishicha, muzokaralar Mayamidagi Stiv Uitkoffga tegishli golf-klubda o‘tkazilgan.

