Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Tramp va Zelenskiy «tinchlik rejasi»ning 90–95 foizini kelishib oldi

29/12, 11:12

AQSh va Ukraina Florida shtatining Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tinchlik rejasining asosiy qismi bo‘yicha kelishuvga erishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, rejaning 90–95 foizi kelishilgan, ammo Donbass masalasi hozircha hal etilmagan.

Kiyev AQShga «tinchlik rejasi» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi

11/12, 12:41

Ukraina qator yevropalik ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng AQSh ma’muriyatiga Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasiga o‘zining rasmiy tuzatish va izohlarini yubordi. Bu haqda avval Axios, keyin esa «RBK-Ukraina» manbalari orqali ma’lum qilindi.

 AQSh va Ukraina delegatsiyalari Mayamidagi muzokaralarni yakunladi

05/12, 12:00

AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida Mayami shahrida o‘tkazilgan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Putin: «tinchlik rejasi Alyaskadagi kelishuvlarga asoslangan»

04/12, 13:53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Jared Kushner bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida birinchi marta batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, uchrashuv «ancha uzoq davom etgan», chunki tomonlar Tramp taklif qilgan tinchlik rejasi bo‘yicha har bir bandni alohida muhokama qilishga majbur bo‘lgan.

Kreml: AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda murosaga erishilmadi

03/12, 15:06

Moskvada AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirokida o‘tgan besh soatlik muzokaralardan so‘ng Kreml muzokaralar «yaxshi ruhda o‘tganini» bildirdi, ammo asosiy masalalar bo‘yicha kelishuv hozircha yo‘q.

Stiv Uitkoff Moskvada: u Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

02/12, 17:06

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ndi. U uchib kelgan Global 7500 xizmat samolyotida, katta ehtimol bilan, Trampning quyovi Jared Kushner ham bo‘lgan.

Tramp: «Urushni tugatish uchun yaxshi imkoniyat bor»

01/12, 10:49

Kecha, yakshanba kuni Floridada Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi muhim uchrashuv bir necha soatdan beri davom etdi. Axios’ning yozishicha, muzokaralar Mayamidagi Stiv Uitkoffga tegishli golf-klubda o‘tkazilgan.

Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi 6 ta bandga qisqartirildi

26/11, 12:33

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga oid tinchlik rejasi 28 ta banddan 22 bandga qisqartirilganini ma’lum qildi. U bu haqda «Air Force One» bortida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lumot berdi.

Ukraina va AQSh «tinchlik rejasi»ning aksariyat bandlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

24/11, 15:28

Ukraina va AQSh delegatsiyalari Jenevada Vashington tomonidan tashabbus qilingan yangi tinchlik rejasining aksariyat bandlari bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu haqda «RBK-Ukraina» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Yevropa yetakchilari Tramp tinchlik rejasining to‘rtta bandini o‘zgartirmoqchi

22/11, 22:20

Chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak.

Putin: «Amerika tomoni hujjatni Moskva bilan muhokama qilmagan»

22/11, 10:33

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada mazkur tinchlik rejasining matni mavjud va Kreml uni Amerika ma’muriyati bilan mavjud kanallar orqali qo‘lga kiritgan.

Tramp ma’muriyatining Ukraina–Rossiya urushiga oid yangi rejasi: nimalar ma’lum?

20/11, 13:50

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya–Ukraina urushiga barham berish bo‘yicha yangi reja ishlab chiqqani haqida qator nashrlar, jumladan, Axios, Reuters, Financial Times va The Economist o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi.