Putin Ukrainaning qarshi hujumini muvaffaqiyatsiz deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan bo‘lib o‘tgan muzokaradan so‘ng, Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.
«Hech bo‘lmaganda, bugungi kunda shunday ko‘rinmoqda. Keling, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Umid qilamanki, bu shunday davom etadi», - deydi u.
«Haqiqatan ham shunday ekanligini tasdiqlay olaman», dedi Sergey Shoygu Vladimir Putinning nutqidan keyin.
Mudofaa vazirligi rahbari Ukraina Qurolli kuchlarining so‘nggi o‘n kun ichida amalga oshirilgan hujumlari qaytirilganini aytgan.
Avvalroq Putin Erdo‘g‘onga don shartnomasi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter