Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Bayden iyun oyida uchrashuv o‘tkazishi mumkin

Putin  va Bayden iyun oyida uchrashuv o‘tkazishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov RF rahbarining amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvi iyun oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u «Rossiya 1» telekanalida bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan.

«Uchrashuv iyun oyida bo‘lib o‘tadi, hattoki tanlov uchun bir qancha sanalar ham bor», — degan Putinning yordamchisi. 

Shu bilan birga, Ushakov aniq sanani ochiqlashdan bosh tortgan.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jeyn Psaki Vladimir Putin va Jo Bayden uchrashuvi masalasi Rossiya va Amerika hukumatlari tomonidan ko‘rib chiqilayotganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden saylangandan so‘ng ikki davlat rahbari uchrashganicha yo‘q. Ammo orada ancha-muncha gap o‘tishga ulgurdi: jumladan Bayden OAVga bergan intervyularidan birida Putinni «qotil» deya atadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring