Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning tug‘ilgan kuniga MDH davlatlari rahbarlari boradi

Putinning tug‘ilgan kuniga MDH davlatlari rahbarlari boradi

Foto: BelTA

Vladimir Putin 7-oktyabr — 70 yoshga to‘ladigan kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Peterburgda ishlab, MDH mamlakatlari rahbarlari bilan uchrashadi, deb bayonot berdi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Ertaga prezident Sankt-Peterburgda ishlaydi. Qator xalqaro qo‘ng‘iroqlar belgilangan. Shuningdek, kunning o‘rtasida prezidentning MDHga a’zo davlatlar rahbarlari bilan norasmiy uchrashuvi rejalashtirilgan», — dedi Peskov.

Ta’kidlanishicha, bu kelgusi haftaga rejalashtirilgan Ostona mezbonlik qiladigan MDH sammiti — Davlat rahbarlari kengashi oldidan juda muhim tadbirdir.

Peskov qo‘shimcha qilishicha, Putin Misrda noyabrda o‘tkaziladigan BMTning iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hadli konvensiyasiga bag‘ishlangan konferensiyada qatnashmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring