Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning «yo‘qolib qolgan» generali masjidda ko‘rinish berdi

Putinning «yo‘qolib qolgan» generali masjidda ko‘rinish berdi

Vagnerchi Yevgeniy Prigojin isyonidan keyin yo‘qolib qolgan rossiyalik general Sergey Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi.

Bu haqda «Kommersant» harbiy rahbarga yaqin manbaga asoslanib xabar berdi.

Generalning fotosuratlari Oran shahridagi Abdulhamid Ben Badis masjidi akkauntida ham paydo bo‘ldi, bu «yuqori darajadagi Rossiya delegatsiyasi» tashrifiga ishora qiladi.

Gazetaning yozishicha, Surovikin u yerda Mudofaa vazirligi delegatsiyasi bilan bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Surovikin Prigojin bilan yaqinlikda ayblangan va 24 iyundan keyin yo‘qolib qolgandi. Avgust oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Surovikin Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring