Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaspiy dengizini 5 ta davlat bo‘lib oldi

Kaspiy dengizini 5 ta davlat bo‘lib oldi

Foto: «aa.com.tr»

Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Eron va Turkmaniston Kaspiy dengizining huquqiy maqomi bo‘yicha bitim imzoladi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazilgan V Kaspiy davlatlari rahbarlari uchrashuvida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya rahbari Vladimir Putin, Ozarbayjon respublikasi yetakchisi Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Turkmanboshi Gurbanguli Berdimuhamedov qatnashdi.

Yig‘ilishda Kaspiy davlatlarida iqtisodiyot, trasport, logistika, atrof-muhit va boshqa sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilinib, Kaspiy dengizining huquqiy maqomi bo‘yicha bitim imzolandi.

Konvensiyaga ko‘ra, har bir mamlakat dengizda 15 dengiz milidan katta bo‘lmagan o‘ziga tegishli hududni belgilab oladi. Suvning tub qismi ham mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib olinadi. Suvning yuza qismidan esa barcha birdek foydalanishi mumkin.

Sammitda Kaspiy dengizi zarixalaridan unumli foydalanishga,shuningdek ushbu hududda harbiy harakatlar amalga oshirilmasligiga kelishib olindi.

Bundan tashqari, sammitda terrorizmga qarshi kurashish, xavfsizlikni ta’minlash, chegara hududlarida barqarorlikni saqlash ham muhokama etildi.

Eron, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qozog‘iston 1996 yildan beri Kaspiy dengizdan o‘z ulushini olish bo‘yicha muzokalar olib borayotgan edi.

Kaspiy dengizi 50 milliard barrel neft va 9 trillion m3 gaz zaxirasiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring