Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar G‘azo bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni to‘xtatgan – OAV

Qatar G‘azo bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni to‘xtatgan – OAV

Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasida garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda vositachi sifatidagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat TIV vakili ma’lum qilgan.

Qatar rasmiysi mamlakat agar mojaro tomonlari uni yakunlash bo‘yicha jiddiy muzokaralarga kirishsa, G‘azo bo‘yicha vositachilikni davom ettirishi mumkinligini aytgan.

Britaniyaning Financial Times gazetasi manbasiga tayanib, Qatar hukumati bu qarorga AQSh bosimi ostida kelganini va bu talab 10 kuncha oldin qilinganini yozadi.

Jumladan, Reuters agentligi Vashingtondagi manbalariga tayanib, Qatar hukumati 10 kun avval HAMASning siyosiy vakolatxonasini o‘z hududidan chiqarib yuborishga va’da berganini xabar qilgandi.

Avvalroq esa ayrim OAVlar o‘zlarini anonim holatda tutgan amerikalik yuqori martabali amaldorlarga tayanib, Qo‘shma Shtatlar HAMAS vakillarining Qatarda bo‘lishiga toqat qilmoqchi emasligini yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, HAMASning Dohadagi vakolatxonasi 2012 yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Barak Obama ma’muriyatining guruh bilan aloqalarini davom ettirish talabiga binoan ochilgani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring