Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi shaharda eng ko‘p milliarder yashashi ma’lum qilindi

Qaysi shaharda eng ko‘p milliarder yashashi ma’lum qilindi

Forbes nashri eng ko‘p milliaderlar yashayotgan shaharlar reytingini e’lon qildi.

Ukraina urushi va G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya poytaxti Moskva milliarderlar soni bo‘yicha yettinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa ko‘tarildi, shuningdek, ularning umumiy boyligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

Forbes barcha moskvalik milliarderlarning umumiy boyligini 307 milliard dollarga baholagan, bu 2022-yilga nisbatan 92 milliard dollarga ko‘pdir. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Moskva Parij va Nyu-Yorkdan orqada qolgan. 

Moskvalik milliarderlarning deyarli uchdan ikki qismi bir yil ichida boyligini keskin oshirdi, ikki milliarderning kapitali o‘zgarmadi, ikkitasi esa kamaydi, deya qayd etadi Forbes. Moskvadagi eng boy milliarder Vladimir Potanin bo‘lib, jurnal uning boyligini 23,7 milliard dollarga baholagan.

Eng boy milliarderlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Nyu-York (101 milliarder, umumiy boyligi 616,8 milliard dollar), ikkinchi o‘rinda Gonkong (70 milliarder, umumiy boyligi 286,8 milliard dollar), uchinchi o‘rinda Pekin (68 milliarder) joylashgan.

Shanxayda 65 milliarder bor, ularning umumiy boyligi 181,9 milliard dollarga yetadi. London kuchli beshlikni yakunlab bergan. Buyuk Britaniya poytaxtida jami boyligi 294,9 milliard dollarga egalik qiladigan 63 ta magnat istiqomat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring