Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolicha taqinchoqlari sotilyapti

Qirolicha taqinchoqlari sotilyapti

Foto: «Sabah»

Fransiya qiroli Lyudovik XVI (Lui XVI)ning rafiqasi, qirolicha Mariya-Antuanettaning taqinchoqlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda «Sabah» xabar berdi.

Ikki asrdan ziyod tarixga ega javharlar Angliyaning «Sotheby’s» auksion uyida sotuvga chiqarildi.

Taqinchoqlar 3 million yevroga sotilishi taxmin qilinmoqda.

P.S. Lyudovik XVI hamda Mariya-Antuanettaning taqdiri fojiali — ikkalasi ham fransuz inqilobchilari tomonidan qatl etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring