Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qor bo‘roni tufayli BMT bosh qarorgohidagi uchrashuvlar bekor qilindi

Qor bo‘roni tufayli BMT bosh qarorgohidagi uchrashuvlar bekor qilindi

Illyustrativ foto

BMT rahbariyati kutilayotgan kuchli qor bo‘roni sababli tashkilotning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohini dushanba kuni yopishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

23-fevralga belgilangan barcha uchrashuvlar va tadbirlar boshqa muddatga ko‘chiriladi. Xabarda aytilishicha: «Kutilayotgan qor bo‘roni munosabati bilan BMT qarorgohi joylashgan majmua 2026-yil 23-fevral, dushanba kuni yopiq bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York meri Zohran Mamdani ob-havo ma’lumotlari va meteorologiya xizmatlari prognozi sababli shahar hududida favqulodda holat e’lon qilgan edi. Shaharda maktablar va asosiy avtomobil yo‘llari yopiladi, aholi uchun maxsus issiqlik (isinish) markazlari tashkil etiladi.

Sinoptiklar Nyu-Yorkda 45 santimetrgacha qor yog‘ishini va shamol tezligi soniyasiga 26 metrgacha kuchayishini prognoz qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring