«Qorabog‘ urushi o‘tmishga aylandi» — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Shvetsiya tashqi ishlar vaziri, YeXHTning amaldagi raisi Ann Linde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Ozarbayjon lideri Tog‘li Qorabog‘dagi urush masalasiga to‘xtalgan.
«Endi bu to‘qnashuv o‘tmishda qoldi va biz e’tiborimizni kelajakka qaratishimiz kerak. Bugun biz siz bilan kelajakni qanday qurish haqida o‘z fikrlarimizni muhokama qildik. O‘ylaymanki, urushdan keyingi so‘nggi to‘rt oy ikkala tomonning istaklari aslida nima ekanligini ko‘rsatdi. Endi u sahifani ortga tashlab, faqat kelajakka nazar tashlashimiz kerak, — deya Aliyevning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun o‘tgan yilning sentyabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomchisiga aylandi va tinch aholi o‘rtasida katta talofatlarga olib keldi. Tomonlar sulh tuzish uchun bir necha bor urinishgan, ammo faqatgina 10 noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi.
Moskvaning vositachiligi bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘q uzishni butunlay to‘xtatishga, mahbuslar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirishga kelishib oldilar. Shuningdek, Yerevan Kelbajar, Lachin va Agdam tumanlarini Bokuga topshirdi. Bundan tashqari, mintaqaga Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter