Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shaloq velosipedchilarga qo‘shaloq rekord

Qo‘shaloq velosipedchilarga qo‘shaloq rekord

Foto: «Upi»

Britaniyalik ikki ayol qo‘shaloq velosipedda butun dunyoni eng tez aylanib chiqish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar berdi «Upi».

Ket Dikson va Raz Marsden ismli rekordchilarning ikkalasi ham 50 yoshdan oshgan. Ular 2019-yil 29-iyun kuni Oksforddan yo‘lga chiqib, 2020-yil 18-mart kuni Londonga qaytib kelishdi. Ular har kuni 50-60 kilometrlab yo‘l bosishgan.

Sportchilar Fransiya, Monako, Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chernogoriya, Albaniya, Gretsiya, Turkiya, Gruziya, Hindiston, Tailand, Malayziya, Singapur, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh, Meksika, Marokko, Ispaniya va Gibraltarda bo‘lishgan. Ular qariyb 50 ming dollar to‘plab, hayriya ishlariga bag‘ishladilar. Ket va Raz nafaqat ayollar, balki erkaklar rekordini (281 kun) ham birato‘la yangilab qo‘ya qolishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring