Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni mamlakatda pedofil-qotil kimyoviy kastratsiya qilinadi

Qo‘shni mamlakatda pedofil-qotil kimyoviy kastratsiya qilinadi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida shov-shuvli sud jarayoni yakunlandi. Turkiston viloyati ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi sudyasi Sariog‘osh tumanida 5 yoshli qizni o‘ldirish va zo‘rlashda ayblangan erkakka hukm chiqardi, deb xabar berdi Zakon.kz.

48 yoshli retsidivist avvalroq qotillikda ayblanib, 10 yil qamoqda o‘tirib chiqqan. 2023 yilda u badanga og‘ir shikast yetkazgani uchun shartli qamoq jazosini o‘tagan.

Prokuror ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastratsiya qilishni so‘ragan.

«Sud hukmi bilan sudlanuvchi aybdor deb topildi. Unga umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastratsiya jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi jazoni qattiq rejimdagi muassasada o‘taydi», deyiladi sud hukmida.

Mudhish jinoyat 14 iyul kuni sodir bo‘lgan. 5 yoshli Yerkejan Nurmaxon 13 iyul kuni soat 13:00 atrofida g‘oyib bo‘lgan. Bir kun o‘tib uning jasadi zo‘rlanish belgilari bilan topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring