«Qo‘yib yuboringlar meni!»: o‘lgan irlandiyalik dafn marosimida qarindoshlarini kuldirdi
Tobutni qabrga tushirayotganda yig‘ilganlar marhumning ovozini va tobutning taqillaganini eshitishdi. Bu haqda «KP» xabar berdi.
Irlandiyaning Lenser provinsiyasida 8-oktyabr kuni uzoq kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan Irlandiya qurolli kuchlar veterani Shey Bredli o‘zining dafn marosimida qarindoshlarining ko‘nglini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Tobutni qabrga tushirayotganda dafn marosimiga to‘planganlar marhumning ovozini hamda tobutning yog‘och eshigi taqillaganini eshitishdi.
— Jin ursin, men qayerdaman? Qo‘yib yuboringlar meni! Bu yer qorong‘i ekan! Bu kim, ruhoniymi? Bu Shey! Men qutidaman! U yerda emas, bu yerda — yonlaringdaman! Men vafot etdim, — to‘planganlar marhumning ovozini tanishdi.
Shundan so‘ng u ashula ayta boshladi. Veteran Adele — Hello ramziy qo‘shig‘ini kuyladi. Unda «Men xayrlashish uchun qo‘ng‘iroq qildim» degan jumlalar yangradi. So‘ngra nevarasi marhum Shey hamma bilan shu tariqa xayrlashishni xohlaganini tushuntirdi.
— Bobom uning dafn marosimidan hamma yuzida tabassum bilan ketishini istadi. Shunday bo‘ldi ham. Men u bilan faxrlanaman, — deb yozadi Sheyning nevaralaridan biri Twitterda.
Qizining aytishicha, otasi o‘limidan oldin audioxabar yozishni, biz esa uni qo‘yib eshittirishimizni xohlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimiga kelgan shuncha odamning ko‘nglini ko‘targanidan otasi xursand bo‘lgan.
Irlandiyada dafn marosimida tobutdan chiqayotgan ovozni eshitib hamma kulib yubordi.
Irlandiya qurolli kuchlar veterani Shey Bredli 8-oktyabr kuni uzoq kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. U o‘limidan sal oldin g‘alati audioxabarni yozib qoldiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter