Qozog‘iston prezidentining qarindoshlariga rahbarlik lavozimlarida ishlash taqiqlanadi
Qozog‘iston parlamenti prezidentning vakolatlarini qisqartiruvchi va mamlakat rahbarining qarindoshlari siyosiy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatini cheklovchi tuzatishlarni qabul qildi.
Parlament qabul qilgan tuzatishlarga ko‘ra, prezident oilasi a’zolariga davlat tuzulmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlanadi. Bundan tashqari, davlat rahbarining parlament yuqori palatasini shakllantirishdagi ishtiroki qisqartirilib, uning mahalliy vakillik va ijroiya organlariga ta’siri cheklanadi.
Shuningdek, davlat rahbarining prezidentlik davrida siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishi taqiqlandi. Hujjatlar Qozog‘iston rahbariga imzolash uchun yuborilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter