Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘oni yorilib ketdi

Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘oni yorilib ketdi

Olmaota viloyatidagi Knijevskiy suv omborining to‘g‘oni yorilib ketdi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, turar-joy binolarini suv bosgan, Minbayeva – Qosimbek avtomobil yo‘lida suv toshqini kuzatilgan.

Politsiya xodimlari harakatni cheklash uchun postlar o‘rnatdilar.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo‘linmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlari va boshqa xizmatlar ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring