Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda To‘qayev faoliyatiga oid maxsus ko‘rsatuv efirga uzatiladi

Qozog‘istonda To‘qayev faoliyatiga oid maxsus ko‘rsatuv efirga uzatiladi

Foto: RIA Novosti.

Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, 28-avgust kuni mahalliy televideniyeda ilk bor «Prezident» ko‘rsatuvi namoyish etiladi.

Ko‘rsatuv davlat rahbarining faoliyatiga bag‘ishlanadi.

«Bugun soat 20:30 da «Xabar-24» telekanalida ilk bor «Prezident» maxsus ko‘rsatuvi efirga uzatiladi», — deb yozdi u.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, haftalik teleko‘rsatuvda To‘qayev faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar, tahliliy va eksklyuziv materiallar taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring