Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi. 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 21-iyun kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

«Qozog‘iston biz uchun shunchaki qo‘shni yurt emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir. Qosim-Jo‘mart Kemelevichga iliq qabul va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik-birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlari uchun chuqur minnatdorlik izhor qilaman», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan muloqotda O‘zbekiston-Qozog‘iston sheriklik munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlantirish istiqboli yuzasidan fikr almashdi.

​Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar izchil va to‘liq amalga oshishini ta’minlash maqsadida prezident administratsiyalari o‘rtasida yanada yaqin, tezkor va samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring