Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Kecha, 16-may kuni Qozog‘istonning Oqtuba viloyati hududidan o‘tuvchi Samara-Chimkent yo‘lining 824 kilometrida Toyota RAV-4 hamda o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Chevrolet Lacetti avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Qozog‘iston IIVning telegramdagi rasmiy kanali bergan ma’lumotga ko‘ra, Lacetti haydovchisi va uning yonidagi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi – ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari YTH oqibatida voqea joyida halok bo‘lishgan.
Lacetti avtomobilining 3 nafar hamda Toyota avtomobilining er-xotin hamda ularning 5 yoshli farzandlari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Ayni paytda YTH sabablari o‘rganilayotgani ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas