Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qrim ko‘prigi yetti soatga yopildi

Qrim ko‘prigi yetti soatga yopildi

Qrim ko‘prigida avtomobillar harakati yetti soatga to‘sib qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 17:00 ga qadar avtomobillar o‘tishga ruxsat etilmaydi. Bunday qarorga ko‘prikdagi ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq Transport vazirligi transport o‘tish joyi 10 oktabr kuni yopilishi haqida ogohlantirgan, shuningdek, haydovchilarni safarlarini oldindan rejalashtirishga va ma’lumotlarni kuzatib borishga chaqirgan edi.

Qrim ko‘prigida oxirgi marta 6 oktabr kuni harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring