Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbonlikdan qaytayotgan 4 kishi halok bo‘ldi, echki tirik qoldi

Qurbonlikdan qaytayotgan 4 kishi halok bo‘ldi, echki tirik qoldi

Foto: Bharat News

Hindistonda qurbonlik marosimidan qaytayotgan 4 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi, deb yozdi Bharat News.

Aytilishicha, to‘rtovlon Narsinghpur tumanidagi Dev Maharoja ibodatxonasida qurbonlik marosimi o‘tkazilganidan so‘ng uyga yo‘l olishgan. Mashinada beshinchi yo‘lovchi — marosim payti qulog‘i kesilgan echki ham bo‘lgan.

Yo‘lda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina ko‘prikdan Somvati daryosiga qulab tushgan. Hodisa oqibatida ikki kishi voqea joyida, ikki nafari shifoxonada olamdan o‘tgan. Echki omon qolgan, unga hatto jarohat ham yetmagan.

Mahalliy guvohlarga ko‘ra, avariyaga uchragan mashinadan bir shisha spirtli ichimlik topilgan — baxtsiz hodisa haydovchining mastligi sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring