Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rassom Leninning jasadini sotib olmoqchi

Rassom Leninning jasadini sotib olmoqchi

Foto: «Funart.pro»

Nyu-yorklik musavvir Devid Datuna Leninning jasadini sotib olib, Vashingtonda mavzoley nusxasini yaratmoqchi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Rassom nafaqat Mavzoleyning nusxasini barpo etishni, balki million dollarlik boshlang‘ich to‘lov evaziga Leninning jasadini sotib olishni, biroq shu maqsadda qariyb milliard dollar to‘plashni rejalashtirmoqda.

«Rossiya — azaldan o‘z imperatoriga ega imperiya bo‘lib kelgan. Amerika esa kommunizm va sotsialistik g‘oyalar sari ildamlamoqda. Bugungi kunda Lenin va mavzoley ko‘rinishidagi atributlar Rossiyadan ko‘ra AQShga ko‘proq kerak. Ikkinchi mavzoleyni qurish qiyin emas, lekin Leninni almashtirib bo‘lmaydi. Shu bois uni sotib olishni taklif etaman. Buning uchun xohlagancha pul to‘plashga tayyorman», — dedi Datuna.

Datuna — amerikalik rassom, san’at asarlari kolleksioneri. 400 ming yevroga baholangan «Hamma narsani ko‘ruvchi V.» — Rossiya prezidenti portretini sotgandan so‘ng tanilib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring