Rim papasi Fransisk shifoxonaga tushib qoldi
Rim papasi Fransisk shifoxonaga yotqizildi. U tibbiyot muassasasida tekshiruv amaliyotlaridan o‘tadi.
Bu haqda papaning matbuot kotibi Matteo Bruniga asoslanib Reuters axborot agentligi xabar tarqatgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 86 yoshga to‘lgan Rim papasi 29-mart kuni haftalik umumiy auditoriya yig‘ilishida ishtirok etgan va sog‘lom tarzda namoyon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, papa Fransisk 1936-yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayresda tug‘ilgan. Katoliklarning yuqori lavozimiga esa 2013-yilda o‘tirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter