«Rim papasi Fransisk xorij OAVsi qurboni bo‘lgan» – Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, Rim papasi Fransisk chet el ommaviy axborot vositalarining qurboni bo‘lgan. Shuning uchun ham u buryatlar va chechenlarni «shafqatsizligi» haqida gapirgan.
Ramzan Qodirov chechen jangchilari ichkilikboz yoki giyohvand emasligini, ularning barchasi dindor ekanligini ta’kidlagan.
«Jangchilarimiz safida birorta ham ichkilikboz yoki giyohvand yo‘q, hamma dindor. Va jangchilarning har biri urushda sha’ni, qadr-qimmatini va hatto dushmanga hurmatni unutmaslik kerakligini biladi», – deydi Checheniston rahbari.
Qodirovning fikricha, Rim papasi Fransisk chet el ommaviy axborot vositalarining qurboni bo‘lgan.
«Umuman olganda, raqib jang maydonida quvnoq, g‘amgin, sentimental yoki shafqatsiz ekanligini qanday aniqlash mumkin? Agar bizning mamlakatimizda 190 dan ortiq xalq yashasa, birlashgan otryadda rus askarining millatini qanday aniqlash mumkin? Vatikan rahbari, albatta, bunga javob bera olmaydi. U xorij ommaviy axborot vositalarining tashviqoti va matonati qurboni bo‘ldi xolos», – deydi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, chechenlar va buryatlarni «Ukrainadagi rus qo‘shinlarining eng shafqatsiz qismi» deb atagan edi.
Bunga javoban Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Fransiskning bu bayonotini «haqiqatni o‘ta soxtalashtirish» deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter