Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rim papasi Putindan javob kutyapti

Rim papasi Putindan javob kutyapti

Foto: «Pravda»

Rim papasi Fransisk Ukrainadagi vaziyatni hal etish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishmoqchi va buning uchun Moskvaga uchishga tayyor. Bu haqda bugun, 3-may kuni «Corriere della Sera» gazetai yozdi.

Fransisk aytishicha, Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritganidan so‘ng, 20 kun o‘tib (15-martda — tahr.), o‘z kardinalidan Putinga uchrashmoqchi ekanligini yetkazishni so‘ragan.

Vatikan hanuz Rossiyaning javobini kutyapti. Rim papasi Putin bilan uchrashuvdan umidini uzgani yo‘q. Pontifik shu bilan birga «Rossiya davlat rahbari hozirgi paytda ushbu uchrashuvni o‘tkaza olmasligi va o‘tkazmasligi mumkinligi»ni ham inkor etmagan.

Fransisk Moskvaga bormasdan turib Kiyevga tashrif buyurmasligini ham qo‘shimcha qildi. «Borishim kerak emasligini (Kiyevga) sezyapman. Men avval Moskvaga borishim, Putin bilan uchrashishim kerak», — dedi Rim papasi.

Xabarda yozilishicha, siyosiy sabablar tufayli Rim papasi Fransisk hamda Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillning 2022-yil 14-iyuniga belgilangan uchrashi bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring