Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga keng ko‘lamli dron hujumlari amalga oshirildi

Rossiyaga keng ko‘lamli dron hujumlari amalga oshirildi

Rossiya hududlari yangi dron hujumlari haqida xabar berishda davom etmoqda. Moskva, Nijniy Novgorod, Voronej, Kursk va Tula rasmiylari tomonidan bu haqda xabar qilindi. Hujumlarda jami 25ta dron ishlatilgani aytilmoqda.

Moskva meri Sergey Sobyaninning yozishicha, Moskva viloyatidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari poytaxt tomon uchirilgan dronni urib tushirgan.

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusevning so‘zlariga ko‘ra, «Voronej osmonida uchuvchisiz qurilma aniqlangan va yo‘q qilingan».

Bundan tashqari, Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit o‘zining telegram-kanalida mintaqa uzra yana beshta dron urib tushirilganini yozdi. Avvalroq u Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan bitta dron haqida gapirgan edi.

Tula viloyati hududiy xavfsizlik vazirligi, shuningdek, mintaqada uchuvchisiz qurilma urib tushirilgani, natijada jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

Seshanbaga o‘tar kechasi Belgorod viloyati gubernatori ham dron hujumlari haqida yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilmalar elektr tarmog‘iga urilganidan keyin yettita aholi punkti elektr ta’minotisiz qolgan.

Oryol viloyati ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Oryoldagi neft bazasiga uchuvchisiz qurilmaning urilgani yong‘inga sabab bo‘lgan. Hozir 60 ga yaqin odam va o‘t o‘chirish poyezdi uni o‘chirishga harakat qilmoqda.

Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri bo‘lgan Nijniy Novgorod viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodiga uchuvchisiz qurilma urilgani haqida xabar qilindi.

Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin Kstovo shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga dron zarbasi berilgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Uning qayd etishicha, zarba natijasida «neftni qayta ishlash zavodlaridan birida» yong‘in kelib chiqqan va «dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q».

Ukraina rasmiylari Rossiya hududlarida dron hujumlari haqidagi ma’lumotlarni izohlamadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring