Rossiya rus tilini bilmagan migrantlarga jarima solmoqchi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi muhojirlarning rus tilini bilish darajasiga qarab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovini kamaytirish va shu orqali ularni o‘qishga rag‘batlantirishni taklif qilmoqda. Bu haqda mamlakat IIVning Migratsiya bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
Bunga ko‘ra, migrantlar uchun rus tili hamda Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilish darajasiga qarab qat’iy belgilangan avans shaklida to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga chegirma koyeffitsiyentini joriy etish taklif etilyapti.
Taklifga ko‘ra, chegirma migrantlarning bazaviy bilimi uchun – 10 foiz, o‘rtacha darajasi uchun – 15 foiz, eng yuqori darajasi uchun – 20 foiz, rus tilida erkin so‘zlashuvchilari uchun – birdaniga 50 foiz chegirmalar ko‘zda tutiladi.
Kazakovaga ko‘ra, oylik dastlabki to‘lovni kamaytirish koyeffitsiyenti rus tilini o‘rganishni rag‘batlantirish uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek, u til reytingini joriy etishni taklif qildi. Kazakovaning aytishicha, mamlakatga kelgan migrant «moslashuv davridan o‘tgach, ya’ni bir yoki uch oydan so‘ng tilni bilish reytingidan» o‘tishi kerak bo‘ladi.
Agar moslashish davridan keyin (1-3 oy) ham migrantning bu boradagi ko‘rsatkichlari past bo‘laversa, u «moslashuv to‘lovini» to‘lashga majbur qilinadi, ya’ni unga jarima solinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter