Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya ta’lim tizimida migrant bolalarni nogironlikka tenglashtirish taklif qilindi

Rossiya ta’lim tizimida migrant bolalarni nogironlikka tenglashtirish taklif qilindi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati bolalar ishlari bo‘yicha komissari Igor Morokov migrant bolalarni nogironlikka tenglashtirishni taklif qildi. U bu haqda OTV telekanali efirida aytib o‘tgan.

«Bugungi kunda bizda alohida ta’limga muhtoj bolalar toifasi mavjud. Bu imkoniyati cheklangan, nogiron bolalar. O‘ylaymanki, bu bolalarni ham shu toifaga tenglashtirish kerak», – deydi Igor Morokov boshlovchining ba’zi migrantlarning bolalari rus tilini yaxshi o‘zlashtirolmayotgani haqidagi gapiga javob berib.

Bolalar ombudsmani yosh muhojirlar bilan mashg‘ulotlar sonini qisqartirishni, ular bilan ishlash uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lashni taklif qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring