Rossiya Yaponiyaning barcha vazirlarini qora ro‘yxatga kiritdi

Moskva yapon siyosatchilarining Rossiyaga kirishini taqiqladi. Bu haqda RF TIV bayonot berdi.
Yaponiyani yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini buzish tomon qadam tashlamoqda. Qolayersa, Rossiya iqtisodiyoti va xalqaro nufuziga putur yetkazish harakatida, deya o‘z qarorini izohladi Rossiya tashqi ishlar vazirligi.
Rossiyaga kirishi taqiqlangan yapon siyosatchilari ro‘yxatining eng tepasida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida hamda Sergey Lavrovning hamkasbi Yesimase Xayasi turibdi. Yaponiyaning mudofaa, adliya, moliya — barcha vazirlari qora ro‘yxatga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter