Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Zelenskiyning saylovlar bo‘yicha bayonotiga izoh berdi

Rossiya Zelenskiyning saylovlar bo‘yicha bayonotiga izoh berdi

Kreml Vladimir Zelenskiyning Ukrainadagi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik haqidagi bayonotiga izoh berdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu pozitsiyani «juda yangi» deb atadi, ammo Vladimir Putin va Donald Tramp ilgari bunday choralar zarurligini muhokama qilganliklarini eslatdi. 

«Bu bayonot juda yangi - bu Putin uzoq vaqtdan beri gapirib kelayotgan narsa va prezident Tramp ham yaqinda bu haqda gapirgan. Shuning uchun, bu borada ishlar qanday rivojlanishini ko‘ramiz», dedi Peskov (TASS iqtibosi). 

Avvalroq Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy prezidentlik saylovlarga tayyorligini e’lon qildi, ammo ularni o‘tkazish uchun qonunchilikdagi o‘zgarishlar va xavfsizlik choralari, jumladan, harbiy xizmatchilarning ovoz berish imkoniyati zarurligini ta’kidladi. Uning aytishicha, xavfsizlik kafolatlansa, saylovlar uch oy ichida bo‘lib o‘tadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring