Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rus tili davlat tili bo‘lmagan davlatdan kelganlarga Rossiyada ishlash taqiqlanishi mumkin

Rus tili davlat tili bo‘lmagan davlatdan kelganlarga Rossiyada ishlash taqiqlanishi mumkin

Foto: FNT

Rossiya Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Federatsiya kengashidagi parlament eshituvida rus tili davlat tili bo‘lmagan xorijiy mamlakat fuqarolari mijozlar bilan muloqot qilishni nazarda tutuvchi kasblarda ishlamasligi kerak degan taklifni ilgari surgan

«Agar rus tili sizning davlat tilingiz bo‘lmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari jamoat joylarida ishlamasligi kerak: haydovchi, sotuvchi va ayniqsa Yandex kurerlari sifatida. Bunday mas’uliyatli ish ular uchun emas», deya ta’kidlagan Tolstoy.

Bu Rossiyada mehnat muhojirlari faoliyatiga doir ajabtovur takliflarning dastlabkisi emas. Bungacha Rossiyada noqonuniy migrantlarga bank kartasi ochish, pul o‘tkazish, nikohdan o‘tish, transport vositasini yoki biror bir mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi mumkinligi, tegishli qonun loyihasi tez orada parlamentga taqdim etilishi aytilgandi.

Avvalroq rossiyalik siyosatshunos Aleksey Yaroshenko Rossiyadan Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari uchun 30 foizlik komissiya joriy etishni taklif qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlarning deyarli yarmini o‘zbekistonliklar tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, rus tili Rossiyadan tashqari Belarusda, shuningdek, tan olinmagan Janubiy Osetiya va Dnestrbo‘yi respublikalarida davlat tili maqomiga ega. Qirg‘izistonda hamda tan olinmagan Abxaziyada rus tili ma’lum cheklovlar bilan rasmiy maqomga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring