Rossiyada jurnalist ayol o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida mahalliy «Koza Press» internet-nashri bosh muharriri Irina Slavina IIVning shahar boshqarmasi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi. Bu haqda Baza telegram-kanali xabar bergan.
O‘ziga o‘t qo‘yishdan oldin Slavina «Facebook»da post qoldirgan: «O‘limimda Rossiya Federatsiyasini ayblashni so‘rayman».
Fojia arafasida uyiga organ xodimlari kelib tintuv o‘tkazgani haqida jurnalist ayol ijtimoiy tarmoqda batafsil yozib qoldirgan.
«Bugun soat 06:00 da xonadonimga kelishdi, jami 12 kishi: tergov, tezkor otryad xodimlari, politsiyachilar, xolislar. Eshikni erim ochdi. Begona ayol ko‘z o‘ngida kiyinishga majbur bo‘ldim. Tintuv qilishdi. Advokatga qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berishmadi. Varaqalar, «Ochiq Rossiya» hisobraqamlarini, ehtimol Mixail Xodorkovskiy aks ettirilgan ikonani... qidirishdi. Menda bunaqa narsalar yo‘q», — degan mazmunida yozib qoldirgan Slavina.
Avvalroq «The Insider»ga intevyusida Slavina tergovchilar Nijniy Novgoroddagi 4 milliard rublga qurilayotgan «Shveysariya» bog‘i masalasidagi namoyishlarni «Ochiq Rossiya» moliyalashtirayotganini gumon qilishayotganini aytgandi.
«Jurnalistman, indamay o‘tirolmadim, yozdim. Namoyishgayam chiqdim, bo‘layotgan voqealar fuqaro sifatida mengayam daxldor. Axir 4 mlrd. rublni talon-toroj qilishyapti, g‘azabni keltiradi», — degandi Slavina.
Jurnalist ayol «Ochiq Rossiya»ga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter