Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada mudofaa bo‘yicha yana bir yirik mansabdor qo‘lga olindi

Rossiyada mudofaa bo‘yicha yana bir yirik mansabdor qo‘lga olindi

Moskvaning Tver sudi Mudofaa vazirligi harbiy qurilish kompaniyasi bosh direktori Andrey Belkovni mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblab, hibsga oldi.

Avvalroq payshanba kuni ertalab Rossiya OAVlari Andrey Belkovga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edi.

«Interfaks» agentligi suhbatdoshiga ko‘ra, Belkov davlat mudofaa buyurtmalarini bajarishda firibgarlikka yo‘l qo‘yishda gumon qilinmoqda.

«Kommersant» gazetasi manbasining xabar berishicha, Belkov 2019-yilda oshirilgan narxlarda mahsulot sotib olgan. O‘sha paytda Belkov Rossiya Mudofaa vazirligining tashkilotlaridan birini boshqargan.

Shu bilan birga, tergov faqatgina harbiy kompaniya ishi bilan cheklanmasligi mumkin, chunki Belkovning faoliyatini sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguning o‘rinbosari Timur Ivanov boshqargan. Ivanov avvalroq katta miqdorda pora olishda ayblanib ushlangandi. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqlarda Rossiyada qator mudofaa mansabdorlari qamaldi, vazir Shoygu esa ishdan olindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring