To‘qayev Putinga urushni «muzlatish»ni taklif etdi: bunga Ukraina ham javob qaytardi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Omskda o‘tgan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina mojarosini «muzlatish»ni taklif etdi. To‘qayev mazkur urushda yoshlar halok bo‘layotganini, bu Rossiya uchun ham, Ukraina uchun ham noxush holat ekanini ta’kidladi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Ukraina mojarosini muzlatish va Istanbul kelishuvlariga qaytish taklifini qo‘llab-quvvatladi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida tegishli bayonotni e’lon qildi.
«Biz Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Putinga urushni to‘xtatish vaqti kelgani haqidagi chaqiriqlarini qadrlaymiz. Bu realistik, o‘z vaqtida qilingan va oqilona murojaat», deb yozgan diplomat.
To‘qayev Putin bilan uchrashuvda Ukraina mojarosining tugashi bo‘yicha Yevropa va Qo‘shma Shtatlardan ko‘plab signallar olayotganini bildirgan.
Ammo Qozog‘iston prezidenti taklifi Moskva tomonidan ijobiy qabul qilinmagan. Kreml Ukrainaning urush bo‘yicha pozitsiyasi sabab mojaroni hozir yakunlab bo‘lmasligini bildirgan. O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qozog‘iston rahbarining Ukraina bo‘yicha izchil pozitsiyasi borligini, ammo bu Moskva bunga qo‘shilishini anglatmasligini aytdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter