Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy amaldagi front chizig‘ini muzlatish evaziga urushni to‘xtatishga tayyor

Zelenskiy amaldagi front chizig‘ini muzlatish evaziga urushni to‘xtatishga tayyor

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hozirgi front chizig‘ini muzlatish orqali Rossiya bilan urushni to‘xtatish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Suhbat davomida jurnalist Zelenskiydan Ukraina hududining 75 foizini saqlab qolish sharti bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘ladimi, deb so‘radi.

«Ha, agar hozirgi vaziyatni muzlatishimizga to‘g‘ri kelsa. Menimcha, bu urushni tugatishning real yo‘li», – deya javob berdi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina urushni imkon qadar tezroq tugatishni istaydi. U AQSh prezidenti Donald Trampning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlab, tomonlar hozirgi pozitsiyalarida qolgan holda diplomatik muzokaralarga o‘tishi mumkinligini aytdi.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya joriy yilda jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatga erishmaganini da’vo qildi.

Avvalroq, 20-oktyabr kuni Osloda Ukraina delegatsiyasi AQSh prezidentining maxsus vakillari bilan muzokara o‘tkazgan edi. Keyinchalik Stiv Uitkoff Sankt-Peterburgda Vladimir Putin bilan uchrashib, Ukrainadagi urushni hal etish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring